حَدَّثَنَا النُّفَيْلِيُّ، حَدَّثَنَا أَبُو الْمَلِيحِ، حَدَّثَنِي يَزِيدُ بْنُ يَزِيدَ، حَدَّثَنِي يَزِيدُ بْنُ الأَصَمِّ، سَمِعْتُ أَبَا هُرَيْرَةَ، يَقُولُ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " لَقَدْ هَمَمْتُ أَنْ آمُرَ فِتْيَتِي فَيَجْمَعُوا حُزَمًا مِنْ حَطَبٍ ثُمَّ آتِيَ قَوْمًا يُصَلُّونَ فِي بُيُوتِهِمْ لَيْسَتْ بِهِمْ عِلَّةٌ فَأُحَرِّقُهَا عَلَيْهِمْ " . قُلْتُ لِيَزِيدَ بْنِ الأَصَمِّ يَا أَبَا عَوْفٍ الْجُمُعَةَ عَنَى أَوْ غَيْرَهَا قَالَ صُمَّتَا أُذُنَاىَ إِنْ لَمْ أَكُنْ سَمِعْتُ أَبَا هُرَيْرَةَ يَأْثِرُهُ عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مَا ذَكَرَ جُمُعَةً وَلاَ غَيْرَهَا .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytadilar: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Men yigitlarimga buyurib, oʻt-oʻtin bogʻlamlarini toʻplashlarini, soʻng hech qanday uzri boʻlmasa-da, uylarida namoz oʻqiydigan qavm tomon borib, uylarini ustlariga yoqib yuborishni qattiq koʻnglimga tugdim». (Roviy Yazid ibn Yazid aytadi:) Men Yazid ibn al-Asamga: «Ey Abu Avf, u (Rasululloh) juma namozini nazarda tutdilarmi yoki boshqasinimi?» dedim. U: «Agar men Abu Hurayrani buni Rasululloh ﷺdan rivoyat qilayotganlarini eshitmagan boʻlsam, ikki qulogʻim kar boʻlsin! U juma namozini ham, boshqasini ham aytmadilar», dedi.