حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، أَخْبَرَنَا ثَابِتٌ، عَنْ أَنَسٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم دَخَلَ عَلَى أُمِّ حَرَامٍ فَأَتَوْهُ بِسَمْنٍ وَتَمْرٍ فَقَالَ " رُدُّوا هَذَا فِي وِعَائِهِ وَهَذَا فِي سِقَائِهِ فَإِنِّي صَائِمٌ " . ثُمَّ قَامَ فَصَلَّى بِنَا رَكْعَتَيْنِ تَطَوُّعًا فَقَامَتْ أُمُّ سُلَيْمٍ وَأُمُّ حَرَامٍ خَلْفَنَا . قَالَ ثَابِتٌ وَلاَ أَعْلَمُهُ إِلاَّ قَالَ أَقَامَنِي عَنْ يَمِينِهِ عَلَى بِسَاطٍ .
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ Ummu Harom (roziyallohu anho)ning huzuriga kirdilar. Unga (uydagilar) sariyogʻ va xurmo keltirishdi. Shunda u zot: «Buni (xurmoni) idishiga, buni (yogʻni) meshiga qaytaringlar, chunki men roʻzadorman», dedilar. Soʻng turib, bizga ikki rakat nafl namozni oʻqib berdilar. Bas, Ummu Sulaym bilan Ummu Harom bizning orqamizda turishdi. Sobit dedi: Men buni faqat shunday deb bilamanki, (Anas) dedi: U zot meni oʻzlarining oʻng tomonlarida, kigiz ustida turgʻazdilar.