حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ إِسْحَاقَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، أَنَّ جَدَّتَهُ، مُلَيْكَةَ دَعَتْ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لِطَعَامٍ صَنَعَتْهُ فَأَكَلَ مِنْهُ ثُمَّ قَالَ " قُومُوا فَلأُصَلِّيَ لَكُمْ " . قَالَ أَنَسٌ فَقُمْتُ إِلَى حَصِيرٍ لَنَا قَدِ اسْوَدَّ مِنْ طُولِ مَا لُبِسَ فَنَضَحْتُهُ بِمَاءٍ فَقَامَ عَلَيْهِ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَصَفَفْتُ أَنَا وَالْيَتِيمُ وَرَاءَهُ وَالْعَجُوزُ مِنْ وَرَائِنَا فَصَلَّى لَنَا رَكْعَتَيْنِ ثُمَّ انْصَرَفَ صلى الله عليه وسلم .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u kishining buvilari Mulayka Rasululloh ﷺni oʻzi tayyorlagan taomga taklif qildi. Bas, u zot undan yedilar, soʻng: «Turinglar, men sizlarga namoz oʻqib beray», dedilar. Anas aytadilar: Men koʻp ishlatilganidan qoraygan boʻyramizning oldiga bordim va uni suv bilan namlab (artib) qoʻydim. Rasululloh ﷺ uning ustida turdilar. Men va yetim u zotning orqalarida saf tuzdik, kampir esa bizning orqamizda (turdi). Bas, u zot bizga ikki rakat namoz oʻqib berdilar, soʻng namozdan boʻshadilar ﷺ.