حَدَّثَنَا وَهْبُ بْنُ بَقِيَّةَ، عَنْ خَالِدٍ، عَنْ مُحَمَّدٍ، - يَعْنِي ابْنَ عَمْرٍو - عَنْ عَلِيِّ بْنِ يَحْيَى بْنِ خَلاَّدٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ رِفَاعَةَ بْنِ رَافِعٍ، بِهَذِهِ الْقِصَّةِ قَالَ " إِذَا قُمْتَ فَتَوَجَّهْتَ إِلَى الْقِبْلَةِ فَكَبِّرْ ثُمَّ اقْرَأْ بِأُمِّ الْقُرْآنِ وَبِمَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَقْرَأَ وَإِذَا رَكَعْتَ فَضَعْ رَاحَتَيْكَ عَلَى رُكْبَتَيْكَ وَامْدُدْ ظَهْرَكَ " . وَقَالَ " إِذَا سَجَدْتَ فَمَكِّنْ لِسُجُودِكَ فَإِذَا رَفَعْتَ فَاقْعُدْ عَلَى فَخِذِكَ الْيُسْرَى " .
Ali ibn Yahyo ibn Xallod otasidan, u Rifoʼa ibn Rofiʼ (roziyallohu anhu)dan shu qissa bilan rivoyat qiladi. (Nabiy ﷺ) dedilar: «Namozga turib qiblaga yuzlanganingda, takbir ayt. Soʻngra Ummul Qurʼon (Fotiha)ni va Alloh xohlagan (boshqa narsa)ni oʻqi. Rukuʼ qilganingda, kaftlaringni tizzalaringga qoʻy va belingni yoz (rost tut)». Hamda: «Sajda qilganingda, sajdangni mahkam (toʻla) qil. Boshingni koʻtarganingda, chap soning ustiga oʻtir», dedilar.