حَدَّثَنَا مُؤَمَّلُ بْنُ هِشَامٍ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ إِسْحَاقَ، حَدَّثَنِي عَلِيُّ بْنُ يَحْيَى بْنِ خَلاَّدِ بْنِ رَافِعٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَمِّهِ، رِفَاعَةَ بْنِ رَافِعٍ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم بِهَذِهِ الْقِصَّةِ قَالَ " إِذَا أَنْتَ قُمْتَ فِي صَلاَتِكَ فَكَبِّرِ اللَّهَ تَعَالَى ثُمَّ اقْرَأْ مَا تَيَسَّرَ عَلَيْكَ مِنَ الْقُرْآنِ " . وَقَالَ فِيهِ " فَإِذَا جَلَسْتَ فِي وَسَطِ الصَّلاَةِ فَاطْمَئِنَّ وَافْتَرِشْ فَخِذَكَ الْيُسْرَى ثُمَّ تَشَهَّدْ ثُمَّ إِذَا قُمْتَ فَمِثْلَ ذَلِكَ حَتَّى تَفْرُغَ مِنْ صَلاَتِكَ " .
Ali ibn Yahyo ibn Xallod ibn Rofiʼ otasidan, u amakisi Rifoʼa ibn Rofiʼ (roziyallohu anhu)dan, u Nabiy ﷺdan shu qissa bilan rivoyat qiladi. (Nabiy ﷺ) dedilar: «Namozingga turganingda, Alloh taologa takbir ayt. Soʻngra Qurʼondan oʻzingga muyassar boʻlganini oʻqi». Hamda unda: «Namozning oʻrtasida oʻtirganingda, muqim (osuda) boʻl va chap soningni yoyib oʻtir. Soʻngra tashahhud oʻqi. Soʻngra (oʻrningdan) turganingda ham, namozingni tamomlagunicha xuddi shunday qil», dedilar.