حَدَّثَنَا عَبَّادُ بْنُ مُوسَى الْخُتَّلِيُّ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، - يَعْنِي ابْنَ جَعْفَرٍ - أَخْبَرَنِي يَحْيَى بْنُ عَلِيِّ بْنِ يَحْيَى بْنِ خَلاَّدِ بْنِ رَافِعٍ الزُّرَقِيُّ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، عَنْ رِفَاعَةَ بْنِ رَافِعٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَصَّ هَذَا الْحَدِيثَ قَالَ فِيهِ " فَتَوَضَّأْ كَمَا أَمَرَكَ اللَّهُ جَلَّ وَعَزَّ ثُمَّ تَشَهَّدْ فَأَقِمْ ثُمَّ كَبِّرْ فَإِنْ كَانَ مَعَكَ قُرْآنٌ فَاقْرَأْ بِهِ وَإِلاَّ فَاحْمَدِ اللَّهَ وَكَبِّرْهُ وَهَلِّلْهُ " . وَقَالَ فِيهِ " وَإِنِ انْتَقَصْتَ مِنْهُ شَيْئًا انْتَقَصْتَ مِنْ صَلاَتِكَ " .
Yahyo ibn Ali ibn Yahyo ibn Xallod ibn Rofiʼ az-Zuraqiy otasidan, u bobosidan, u Rifoʼa ibn Rofiʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qiladiki, Rasululloh ﷺ shu hadisni hikoya qildilar. (Rifoʼa) unda dedi: (Nabiy ﷺ) shunday dedilar: «Alloh jalla va azza amr qilganidek taharat ol. Soʻngra shahodat ayt (niyat qil) va (tik) tur. Soʻngra takbir ayt. Bas, agar yodingda Qurʼondan (biror narsa) boʻlsa, oʻshani oʻqi, boʻlmasa Allohga hamd ayt, Uni ulugʻlab takbir ayt va tahlil ayt (‹Lo ilaha illalloh› de)». Hamda unda: «Agar undan (namozdan) biror narsani kamaytirsang, namozingdan kamaytirgan boʻlasan», dedilar.