حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ نُمَيْرٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ فُضَيْلٍ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عَلْقَمَةَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ كُنَّا نُسَلِّمُ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَهُوَ فِي الصَّلاَةِ فَيَرُدُّ عَلَيْنَا فَلَمَّا رَجَعْنَا مِنْ عِنْدِ النَّجَاشِيِّ سَلَّمْنَا عَلَيْهِ فَلَمْ يَرُدَّ عَلَيْنَا وَقَالَ " إِنَّ فِي الصَّلاَةِ لَشُغْلاً " .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) aytadilar: Biz Rasululloh ﷺ namoz oʻqiyotgan paytlarida u zotga salom berar edik, u zot esa bizning salomimizga javob qaytarar edilar. Najoshiy huzuridan qaytib kelganimizda u zotga salom berdik, ammo u zot bizga (alik) qaytarmadilar va: «Albatta, namozda mashgʻulot bordir», dedilar.