حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا أَبَانُ، حَدَّثَنَا عَاصِمٌ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ كُنَّا نُسَلِّمُ فِي الصَّلاَةِ وَنَأْمُرُ بِحَاجَتِنَا فَقَدِمْتُ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَهُوَ يُصَلِّي فَسَلَّمْتُ عَلَيْهِ فَلَمْ يَرُدَّ عَلَىَّ السَّلاَمَ فَأَخَذَنِي مَا قَدُمَ وَمَا حَدُثَ فَلَمَّا قَضَى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم الصَّلاَةَ قَالَ " إِنَّ اللَّهَ يُحْدِثُ مِنْ أَمْرِهِ مَا يَشَاءُ وَإِنَّ اللَّهَ جَلَّ وَعَزَّ قَدْ أَحْدَثَ مِنْ أَمْرِهِ أَنْ لاَ تَكَلَّمُوا فِي الصَّلاَةِ " . فَرَدَّ عَلَىَّ السَّلاَمَ .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) aytadilar: Biz namoz ichida salom berar va hojatlarimizni aytar edik. Men Rasululloh ﷺ huzurlariga keldim, u zot namoz oʻqiyotgan edilar. Men u zotga salom berdim, lekin u zot menga alik qaytarmadilar. Shunda meni ilgaridan boʻlgan va yangidan boʻlgan (xayollar) bosib oldi. Rasululloh ﷺ namozni tugatganlarida: «Albatta, Alloh Oʻz ishidan xohlagan narsani yangilab turadi va albatta, Alloh azza va jalla namoz ichida soʻzlashmasligingizni Oʻz ishidan yangilab qoʻydi», dedilar va menga alik qaytardilar.