حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مُحَمَّدٍ النُّفَيْلِيُّ، حَدَّثَنَا زُهَيْرٌ، حَدَّثَنَا أَبُو الزُّبَيْرِ، عَنْ جَابِرٍ، قَالَ أَرْسَلَنِي نَبِيُّ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِلَى بَنِي الْمُصْطَلِقِ فَأَتَيْتُهُ وَهُوَ يُصَلِّي عَلَى بَعِيرِهِ فَكَلَّمْتُهُ فَقَالَ لِي بِيَدِهِ هَكَذَا ثُمَّ كَلَّمْتُهُ فَقَالَ لِي بِيَدِهِ هَكَذَا وَأَنَا أَسْمَعُهُ يَقْرَأُ وَيُومِئُ بِرَأْسِهِ فَلَمَّا فَرَغَ قَالَ " مَا فَعَلْتَ فِي الَّذِي أَرْسَلْتُكَ فَإِنَّهُ لَمْ يَمْنَعْنِي أَنْ أُكَلِّمَكَ إِلاَّ أَنِّي كُنْتُ أُصَلِّي " .
Jobir (roziyallohu anhu) aytadilar: Allohning Nabiysi ﷺ meni Banu Mustaliq (qabilasi)ga yubordilar. Men u zotning huzurlariga qaytib kelganimda, u zot tuyalari ustida namoz oʻqiyotgan edilar. Men u zotga gapirdim, u zot menga qoʻllari bilan mana bunday ishora qildilar. Yana gapirdim, u zot menga qoʻllari bilan yana mana bunday ishora qildilar. Men u zotning (Qurʼon) oʻqiyotganlarini eshitib turardim, u zot boshlari bilan ishora qilardilar. (Namozni) tugatganlarida: «Men seni nima uchun yuborgan boʻlsam, oʻsha ishni qanday qilding? Albatta, men namoz oʻqiyotganligimdan boshqa narsa sen bilan gaplashishimga toʻsqinlik qilmadi», dedilar.