حَدَّثَنَا الْحُسَيْنُ بْنُ عِيسَى الْخُرَاسَانِيُّ الدَّامَغَانِيُّ، حَدَّثَنَا جَعْفَرُ بْنُ عَوْنٍ، حَدَّثَنَا هِشَامُ بْنُ سَعْدٍ، حَدَّثَنَا نَافِعٌ، قَالَ سَمِعْتُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ، يَقُولُ خَرَجَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِلَى قُبَاءَ يُصَلِّي فِيهِ - قَالَ - فَجَاءَتْهُ الأَنْصَارُ فَسَلَّمُوا عَلَيْهِ وَهُوَ يُصَلِّي . قَالَ فَقُلْتُ لِبِلاَلٍ كَيْفَ رَأَيْتَ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَرُدُّ عَلَيْهِمْ حِينَ كَانُوا يُسَلِّمُونَ عَلَيْهِ وَهُوَ يُصَلِّي قَالَ يَقُولُ هَكَذَا وَبَسَطَ كَفَّهُ . وَبَسَطَ جَعْفَرُ بْنُ عَوْنٍ كَفَّهُ وَجَعَلَ بَطْنَهُ أَسْفَلَ وَجَعَلَ ظَهْرَهُ إِلَى فَوْقٍ .
Nofeʼ aytadilar: Men Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)ning shunday deganlarini eshitdim: Rasululloh ﷺ Quboga namoz oʻqigani chiqdilar. Shunda ansorlar u zotning huzurlariga keldilar va u zot namoz oʻqiyotgan paytlarida salom berdilar. (Abdulloh) dedi: Men Bilolga: ‹Ular u zotga namoz oʻqiyotgan paytlarida salom berganlarida, Rasululloh ﷺ ularga qanday alik qaytarganlarini koʻrding?› dedim. U: ‹U zot mana bunday qilar edilar›, dedi va kaftini yozdi. Jaʼfar ibn Avn ham kaftini yozib, ichini past, ust tomonini yuqoriga qilib koʻrsatdi.