حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ حُسَيْنٍ الْمُعَلِّمِ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ بُرَيْدَةَ، عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ، أَنَّهُ سَأَلَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم عَنْ صَلاَةِ الرَّجُلِ قَاعِدًا فَقَالَ " صَلاَتُهُ قَائِمًا أَفْضَلُ مِنْ صَلاَتِهِ قَاعِدًا وَصَلاَتُهُ قَاعِدًا عَلَى النِّصْفِ مِنْ صَلاَتِهِ قَائِمًا وَصَلاَتُهُ نَائِمًا عَلَى النِّصْفِ مِنْ صَلاَتِهِ قَاعِدًا " .
Abdulloh ibn Burayda (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu) Paygʻambar ﷺdan kishining oʻtirgan holatda oʻqiydigan namozi haqida soʻradi. U zot: «Uning tik turgan holatdagi namozi oʻtirgan holatdagi namozidan afzaldir, oʻtirgan holatdagi namozi esa tik turgan holatdagi namozining yarmidir, yotgan holatdagi namozi esa oʻtirgan holatdagi namozining yarmidir», dedilar.