حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ قُدَامَةَ بْنِ أَعْيَنَ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ هِلاَلٍ، - يَعْنِي ابْنَ يِسَافٍ - عَنْ أَبِي يَحْيَى، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو، قَالَ حُدِّثْتُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " صَلاَةُ الرَّجُلِ قَاعِدًا نِصْفُ الصَّلاَةِ " . فَأَتَيْتُهُ فَوَجَدْتُهُ يُصَلِّي جَالِسًا فَوَضَعْتُ يَدَىَّ عَلَى رَأْسِي فَقَالَ مَا لَكَ يَا عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عَمْرٍو قُلْتُ حُدِّثْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَنَّكَ قُلْتَ " صَلاَةُ الرَّجُلِ قَاعِدًا نِصْفُ الصَّلاَةِ " . وَأَنْتَ تُصَلِّي قَاعِدًا قَالَ " أَجَلْ وَلَكِنِّي لَسْتُ كَأَحَدٍ مِنْكُمْ " .
Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo) aytadilar: Menga Rasululloh ﷺ: «Kishining oʻtirgan holatda oʻqigan namozi (savobi jihatidan) namozning yarmidir», deganlari haqida xabar berildi. Shunda men u zotning oldilariga keldim va u zotni oʻtirgan holda namoz oʻqiyotgan holatlarida koʻrdim. Bas, men (hayratdan) qoʻlimni boshimga qoʻydim. U zot: «Senga nima boʻldi, ey Abdulloh ibn Amr?» dedilar. Men: «Ey Rasululloh, menga siz ‹Kishining oʻtirgan holatda oʻqigan namozi namozning yarmidir› deganingiz haqida xabar berildi, holbuki siz oʻtirgan holatda namoz oʻqiyapsiz», dedim. U zot: «Ha, lekin men sizlardan biringizga oʻxshamayman», dedilar.