حَدَّثَنَا نَصْرُ بْنُ عَلِيٍّ، حَدَّثَنِي أَبِي، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَبِي بِشْرٍ، سَمِعْتُ مُجَاهِدًا، يُحَدِّثُ عَنِ ابْنِ عُمَرَ، عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِي التَّشَهُّدِ " التَّحِيَّاتُ لِلَّهِ الصَّلَوَاتُ الطَّيِّبَاتُ السَّلاَمُ عَلَيْكَ أَيُّهَا النَّبِيُّ وَرَحْمَةُ اللَّهِ وَبَرَكَاتُهُ " . قَالَ قَالَ ابْنُ عُمَرَ زِدْتُ فِيهَا وَبَرَكَاتُهُ . " السَّلاَمُ عَلَيْنَا وَعَلَى عِبَادِ اللَّهِ الصَّالِحِينَ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ " . قَالَ ابْنُ عُمَرَ زِدْتُ فِيهَا وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ . " وَأَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ " .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ tashahhud haqida shunday dedilar: «At-tahiyyaatu lillaahis-salavaatut-toyyibaat, as-salaamu alayka ayyuhan-nabiyyu va rohmatullohi va barokaatuh (Til bilan aytiladigan barcha taʼzimlar, namozlar, pok narsalar Allohga xosdir. Ey Nabiy, sizga Allohning salomi, rahmati va barakotlari boʻlsin)». (Roviy) dedi: Ibn Umar dedi: «Men unga ‹va barokaatuh›ni ziyoda qildim». «As-salaamu alaynaa va alaa ibaadillaahis-soolihiyn, ashhadu allaa ilaaha illalloh (Bizga va Allohning solih bandalariga salom boʻlsin, Allohdan oʻzga iloh yoʻqligiga guvohlik beraman)». Ibn Umar dedi: «Men unga ‹vahdahu laa shariyka lah (U yolgʻiz, Uning sherigi yoʻq)›ni ziyoda qildim». «Va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh (Va Muhammad Uning bandasi va elchisi ekanligiga guvohlik beraman)».