حَدَّثَنَا عَاصِمُ بْنُ النَّضْرِ، حَدَّثَنَا الْمُعْتَمِرُ، قَالَ سَمِعْتُ أَبِي، حَدَّثَنَا قَتَادَةُ، عَنْ أَبِي غَلاَّبٍ، يُحَدِّثُهُ عَنْ حِطَّانَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ الرَّقَاشِيِّ، بِهَذَا الْحَدِيثِ زَادَ " فَإِذَا قَرَأَ فَأَنْصِتُوا " . وَقَالَ فِي التَّشَهُّدِ بَعْدَ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ زَادَ " وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ " . قَالَ أَبُو دَاوُدَ وَقَوْلُهُ " فَأَنْصِتُوا " . لَيْسَ بِمَحْفُوظٍ لَمْ يَجِئْ بِهِ إِلاَّ سُلَيْمَانُ التَّيْمِيُّ فِي هَذَا الْحَدِيثِ .
Hitton ibn Abdulloh ar-Raqoshiy (rahimahulloh)dan ushbu hadis boshqa sanad bilan ham rivoyat qilingan. U (rivoyatida) ziyoda qildi: «(Imom Qurʼon) oʻqiganda jim turinglar (va diqqat bilan tinglanglar)». Tashahhud haqida esa «Ashhadu allaa ilaaha illalloh» soʻzidan keyin: «vahdahu laa shariyka lah (U yolgʻiz, Uning sherigi yoʻq)»ni ziyoda qildi. Abu Dovud dedi: Uning «jim turinglar» degan soʻzi mahfuz (ishonchli) emas, uni bu hadisda faqat Sulaymon at-Taymiy keltirgan, xolos.