حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ أَبِي الزُّبَيْرِ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، وَطَاوُسٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّهُ قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يُعَلِّمُنَا التَّشَهُّدَ كَمَا يُعَلِّمُنَا الْقُرْآنَ وَكَانَ يَقُولُ " التَّحِيَّاتُ الْمُبَارَكَاتُ الصَّلَوَاتُ الطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ السَّلاَمُ عَلَيْكَ أَيُّهَا النَّبِيُّ وَرَحْمَةُ اللَّهِ وَبَرَكَاتُهُ السَّلاَمُ عَلَيْنَا وَعَلَى عِبَادِ اللَّهِ الصَّالِحِينَ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَأَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللَّهِ " .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, u dedi: «Rasululloh ﷺ bizga tashahhudni xuddi Qurʼonni oʻrgatgandek oʻrgatardilar va shunday derdilar: At-tahiyyaatul-mubaarokaatus-salavaatut-toyyibaatu lillaah, as-salaamu alayka ayyuhan-nabiyyu va rohmatullohi va barokaatuh, as-salaamu alaynaa va alaa ibaadillaahis-soolihiyn, ashhadu allaa ilaaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan rasuululloh (Muborak taʼzimlar, namozlar va pok narsalar Allohga xosdir. Ey Nabiy, sizga Allohning salomi, rahmati va barakotlari boʻlsin. Bizga va Allohning solih bandalariga salom boʻlsin. Allohdan oʻzga iloh yoʻqligiga va Muhammad Allohning elchisi ekanligiga guvohlik beraman)».