حَدَّثَنَا هَنَّادُ بْنُ السَّرِيِّ، عَنْ عَبْدَةَ، وَأَبِي، مُعَاوِيَةَ - الْمَعْنَى - عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّ الْمَيِّتَ لَيُعَذَّبُ بِبُكَاءِ أَهْلِهِ عَلَيْهِ " . فَذُكِرَ ذَلِكَ لِعَائِشَةَ فَقَالَتْ وَهِلَ - تَعْنِي ابْنَ عُمَرَ - إِنَّمَا مَرَّ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم عَلَى قَبْرٍ فَقَالَ " إِنَّ صَاحِبَ هَذَا لَيُعَذَّبُ وَأَهْلُهُ يَبْكُونَ عَلَيْهِ " . ثُمَّ قَرَأَتْ { وَلاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَى } قَالَ عَنْ أَبِي مُعَاوِيَةَ عَلَى قَبْرِ يَهُودِيٍّ .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta, mayyit ahlining unga yigʻlashi sababli azoblanadi», dedilar. Bu Oishaga zikr qilinganda, u: «Ibn Umar adashibdi (yanglishibdi)», dedi va: «Paygʻambar ﷺ bir qabr yonidan oʻtib: ‹Albatta, bu (qabr) sohibi azoblanmoqda, ahli esa unga yigʻlamoqda›, deganlar, xolos», dedi. Soʻng u: {Hech bir koʻtaruvchi (gunohkor) jon boshqasining yukini (gunohini) koʻtarmas} (Anʼom 164) oyatini oʻqidi. (Roviy) Abu Muoviyadan: «Bir yahudiyning qabri yonidan (oʻtganlar)», deb (rivoyat qildi).