حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ أَوْسٍ، قَالَ دَخَلْتُ عَلَى أَبِي مُوسَى وَهُوَ ثَقِيلٌ فَذَهَبَتِ امْرَأَتُهُ لِتَبْكِي أَوْ تَهُمَّ بِهِ فَقَالَ لَهَا أَبُو مُوسَى أَمَا سَمِعْتِ مَا قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَتْ بَلَى . قَالَ فَسَكَتَتْ فَلَمَّا مَاتَ أَبُو مُوسَى - قَالَ يَزِيدُ - لَقِيتُ الْمَرْأَةَ فَقُلْتُ لَهَا مَا قَوْلُ أَبِي مُوسَى لَكِ أَمَا سَمِعْتِ مَا قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ثُمَّ سَكَتِّ قَالَتْ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " لَيْسَ مِنَّا مَنْ حَلَقَ وَمَنْ سَلَقَ وَمَنْ خَرَقَ " .
Yazid ibn Avs (rahimahulloh) aytdi: Men Abu Musoning oldiga kirdim, u ogʻir ahvolda edi. Bas, uning xotini yigʻlamoqchi yoki yigʻlashga chogʻlanmoqchi boʻldi. Shunda Abu Muso unga: «Rasululloh ﷺ nima deganlarini eshitmaganmiding?» dedi. U: «Ha (eshitganman)», dedi. (Roviy) aytdi: Bas, u jim boʻldi. Abu Muso vafot etganida, — Yazid aytdi — men u ayolni uchratib, unga: «Abu Muso senga ‹Rasululloh ﷺ nima deganlarini eshitmaganmiding?› deganida sen jim boʻlding, bu nima edi?» dedim. U: «Rasululloh ﷺ: ‹(Musibatda) soch oldirgan, ovozini koʻtarib qichqirgan va (kiyimini) yirtgan kishi bizdan emas›, deganlar», dedi.