حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ حُمَيْدٍ الطَّوِيلِ، عَنْ ثَابِتٍ الْبُنَانِيِّ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، : أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم رَأَى رَجُلاً يُهَادَى بَيْنَ ابْنَيْهِ فَسَأَلَ عَنْهُ فَقَالُوا : نَذَرَ أَنْ يَمْشِيَ . فَقَالَ : " إِنَّ اللَّهَ لَغَنِيٌّ عَنْ تَعْذِيبِ هَذَا نَفْسَهُ " . وَأَمَرَهُ أَنْ يَرْكَبَ . قَالَ أَبُو دَاوُدَ : رَوَاهُ عَمْرُو بْنُ أَبِي عَمْرٍو عَنِ الأَعْرَجِ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم نَحْوَهُ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ ikki oʻgʻli orasida (suyab) yetaklab kelinayotgan bir kishini koʻrdilar va u haqida soʻradilar. (Sahobalar:) «U (Kaʼbaga) piyoda yurib borishni nazr qilibdi», deyishdi. Shunda (u zot): «Albatta, Alloh bu kishining oʻz nafsini azoblashidan benieyozdir», dedilar va unga mingashib borishni buyurdilar. Abu Dovud aytdi: Buni Amr ibn Abu Amr ham al-Aʼrajdan, u Abu Hurayradan, u Nabiy ﷺdan shunga oʻxshash rivoyat qilgan.