حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ كُنْتُ سَاقِيَ الْقَوْمِ حَيْثُ حُرِّمَتِ الْخَمْرُ فِي مَنْزِلِ أَبِي طَلْحَةَ وَمَا شَرَابُنَا يَوْمَئِذٍ إِلاَّ الْفَضِيخُ فَدَخَلَ عَلَيْنَا رَجُلٌ فَقَالَ إِنَّ الْخَمْرَ قَدْ حُرِّمَتْ وَنَادَى مُنَادِي رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقُلْنَا هَذَا مُنَادِي رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم .
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: Xamr harom qilingan paytda men Abu Talha uyida qavmga soqiylik qilayotgan (ichkilik quyib berayotgan) edim. Oʻsha kuni bizning ichkiligimiz xom xurmodan (tayyorlangan fazix)dan boshqa narsa emas edi. Huzurimizga bir kishi kirib: «Xamr harom qilindi!» dedi va Rasululloh ﷺ ning jarchisi nido qildi. Shunda biz: «Bu Rasululloh ﷺ ning jarchisidir», dedik.