حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا بِشْرُ بْنُ الْمُفَضَّلِ، حَدَّثَنَا الْجُرَيْرِيُّ، عَنْ حَيَّانَ بْنِ عُمَيْرٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ سَمُرَةَ، قَالَ بَيْنَمَا أَنَا أَتَرَمَّى، بِأَسْهُمٍ فِي حَيَاةِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذْ كُسِفَتِ الشَّمْسُ فَنَبَذْتُهُنَّ وَقُلْتُ لأَنْظُرَنَّ مَا أُحْدِثَ لِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِي كُسُوفِ الشَّمْسِ الْيَوْمَ فَانْتَهَيْتُ إِلَيْهِ وَهُوَ رَافِعٌ يَدَيْهِ يُسَبِّحُ وَيُحَمِّدُ وَيُهَلِّلُ وَيَدْعُو حَتَّى حُسِرَ عَنِ الشَّمْسِ فَقَرَأَ بِسُورَتَيْنِ وَرَكَعَ رَكْعَتَيْنِ .
Abdurrahmon ibn Samura (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ hayotliklarida men oʻqlar bilan otib mashq qilib turgan edim, shu payt quyosh tutildi. Bas, men ularni (oʻqlarni) tashlab yubordim va: «Bugun quyosh tutilishida Rasululloh ﷺ qanday ish qilishlarini albatta koʻraman», — dedim. Soʻng u zotning oldilariga yetib bordim, u zot esa quyosh ochilgunga qadar qoʻllarini koʻtarib, tasbeh aytib, hamd aytib, tahlil aytib va duo qilib turardilar. Keyin ikki sura qiroat qildilar va ikki rakaat (rukuʼ qilib) namoz oʻqidilar.