حَدَّثَنَا مَخْلَدُ بْنُ خَالِدٍ، وَعَبَّاسٌ الْعَنْبَرِيُّ، قَالاَ حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَخْبَرَنَا مَعْمَرٌ، عَنْ يَحْيَى بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ بَحِيرٍ، قَالَ أَخْبَرَنِي مَنْ، سَمِعَ فَرْوَةَ بْنَ مُسَيْكٍ، قَالَ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَرْضٌ عِنْدَنَا يُقَالُ لَهَا أَرْضُ أَبْيَنَ هِيَ أَرْضُ رِيفِنَا وَمِيرَتِنَا وَإِنَّهَا وَبِئَةٌ أَوْ قَالَ وَبَاؤُهَا شَدِيدٌ . فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " دَعْهَا عَنْكَ فَإِنَّ مِنَ الْقَرَفِ التَّلَفَ " .
Yahyo ibn Abdulloh ibn Buhayr (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Menga Farva ibn Musaykdan eshitgan kishi xabar berib aytdi: Farva: «Ey Allohning Rasuli, bizning yonimizda Abyan deb ataladigan bir yer bor. U bizning hosildor va don yetishtiradigan yerimiz, biroq u juda ham vaboli (kasalliklar koʻp tarqaladigan) — yoki: uning vabosi qattiq — joydir», dedi. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Uni tark et, chunki (kasallik manbaiga) yaqinlikda halokat bordir», dedilar.