حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ سُفْيَانَ، أَخْبَرَنِي زَيْدٌ الْعَمِّيُّ، عَنْ أَبِي الصِّدِّيقِ النَّاجِيِّ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، قَالَ رَخَّصَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لأُمَّهَاتِ الْمُؤْمِنِينَ فِي الذَّيْلِ شِبْرًا ثُمَّ اسْتَزَدْنَهُ فَزَادَهُنَّ شِبْرًا فَكُنَّ يُرْسِلْنَ إِلَيْنَا فَنَذْرَعُ لَهُنَّ ذِرَاعًا .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytadilar: Rasululloh ﷺ moʼminlarning onalariga (Paygʻambar ﷺning ayollariga) etaklarini bir qarich osiltirishga ruxsat berdilar. Soʼng ular ziyoda qilishni soʼrashganida, ularga yana bir qarich qoʼshib berdilar. Shunda ular bizga (matoni) yuborar edilar, biz esa ularga bir tirsak oʼlchab berar edik.