حَدَّثَنَا الْحَسَنُ بْنُ عَلِيٍّ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَخْبَرَنَا مَعْمَرٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، وَسُلَيْمَانَ بْنِ يَسَارٍ، عَنْ رِجَالٍ، مِنَ الأَنْصَارِ أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ لِلْيَهُودِ وَبَدَأَ بِهِمْ " يَحْلِفُ مِنْكُمْ خَمْسُونَ رَجُلاً " . فَأَبَوْا فَقَالَ لِلأَنْصَارِ " اسْتَحِقُّوا " . قَالُوا نَحْلِفُ عَلَى الْغَيْبِ يَا رَسُولَ اللَّهِ فَجَعَلَهَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم دِيَةً عَلَى يَهُودَ لأَنَّهُ وُجِدَ بَيْنَ أَظْهُرِهِمْ .
Abu Salama ibn Abdurrahmon (rahimahulloh) va Sulaymon ibn Yasar (rahimahulloh) ansorlardan boʻlgan bir necha kishidan rivoyat qiladilar: Nabiy ﷺ yahudlardan boshlab, ularga: «Sizlardan ellik kishi qasam ichsin», dedilar. Ular esa (bunga) koʻnmadilar. Shunda u zot ansorlarga: «(Qasam ichib) haqqingizni isbotlanglar», dedilar. Ular: «Yo Rasululloh, koʻrmagan narsamizga qasam ichamizmi?» deyishdi. Shunda Rasululloh ﷺ (oʻldirilgan kishi) ularning oralaridan topilgani uchun uning xunini yahudlarning zimmasiga (diyat qilib) yukladilar.