وَبِهِ عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنْ عَلْقَمَةَ، وَالأَسْوَدِ، قَالَ عَبْدُ اللَّهِ فِي شِبْهِ الْعَمْدِ خَمْسٌ وَعِشْرُونَ حِقَّةً وَخَمْسٌ وَعِشْرُونَ جَذَعَةً وَخَمْسٌ وَعِشْرُونَ بَنَاتِ لَبُونٍ وَخَمْسٌ وَعِشْرُونَ بَنَاتِ مَخَاضٍ .
Shu isnod bilan Abu Isʼhoqdan, u Alqama va Aswaddan rivoyat qilinadiki, Abdulloh (ibn Masʼud) (roziyallohu anhu) shibhi amd (qasdga oʻxshash xato qotillik) toʻgʻrisida shunday degan: «Yigirma beshta hiqqa (uchga toʻlib, toʻrtga kirgan tuya), yigirma beshta jazaʼa (toʻrtga toʻlib, beshga kirgan tuya), yigirma beshta binti labun (ikkiga toʻlib, uchga kirgan urgʻochi tuya) va yigirma beshta binti maxoz (birga toʻlib, ikkiga kirgan urgʻochi tuya)».