حَدَّثَنَا هَنَّادٌ، حَدَّثَنَا أَبُو الأَحْوَصِ، عَنْ سُفْيَانَ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنْ عَاصِمِ بْنِ ضَمْرَةَ، قَالَ قَالَ عَلِيٌّ رضى الله عنه فِي الْخَطَإِ أَرْبَاعًا خَمْسٌ وَعِشْرُونَ حِقَّةً وَخَمْسٌ وَعِشْرُونَ جَذَعَةً وَخَمْسٌ وَعِشْرُونَ بَنَاتِ لَبُونٍ وَخَمْسٌ وَعِشْرُونَ بَنَاتِ مَخَاضٍ .
Osim ibn Zamradan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: Ali (roziyallohu anhu) xato qotillik toʻgʻrisida toʻrt qism qilib aytdi: «Yigirma beshta hiqqa (uchga toʻlib, toʻrtga kirgan tuya), yigirma beshta jazaʼa (toʻrtga toʻlib, beshga kirgan tuya), yigirma beshta binti labun (ikkiga toʻlib, uchga kirgan urgʻochi tuya) va yigirma beshta binti maxoz (birga toʻlib, ikkiga kirgan urgʻochi tuya)».