حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، حَدَّثَنَا سَعِيدٌ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ عَبْدِ رَبِّهِ، عَنْ أَبِي عِيَاضٍ، عَنْ عُثْمَانَ بْنِ عَفَّانَ، وَزَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ، فِي الْمُغَلَّظَةِ أَرْبَعُونَ جَذَعَةً خَلِفَةً وَثَلاَثُونَ حِقَّةً وَثَلاَثُونَ بَنَاتِ لَبُونٍ وَفِي الْخَطَإِ ثَلاَثُونَ حِقَّةً وَثَلاَثُونَ بَنَاتِ لَبُونٍ وَعِشْرُونَ بَنُو لَبُونٍ ذُكُورٍ وَعِشْرُونَ بَنَاتِ مَخَاضٍ .
Abu Iyozdan, u Usmon ibn Affon va Zayd ibn Sobit (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilishicha, ular ogʻirlashtirilgan diyat (mugʻallaza) toʻgʻrisida: «Qirqta boʻgʻoz jazaʼa (toʻrtga toʻlib, beshga kirgan tuya), oʻttizta hiqqa (uchga toʻlib, toʻrtga kirgan tuya) va oʻttizta binti labun (ikkiga toʻlib, uchga kirgan urgʻochi tuya)», xato qotillik toʻgʻrisida esa: «Oʻttizta hiqqa, oʻttizta binti labun, yigirmata ibni labun (ikkiga toʻlib, uchga kirgan erkak tuya) va yigirmata binti maxoz (birga toʻlib, ikkiga kirgan urgʻochi tuya)», deganlar.