حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، وَوَكِيعٌ، وَأَبُو أُسَامَةَ عَنْ إِسْمَاعِيلَ بْنِ أَبِي خَالِدٍ، عَنْ قَيْسِ بْنِ أَبِي حَازِمٍ، عَنْ جَرِيرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ كُنَّا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم جُلُوسًا فَنَظَرَ إِلَى الْقَمَرِ لَيْلَةَ الْبَدْرِ لَيْلَةَ أَرْبَعَ عَشْرَةَ فَقَالَ " إِنَّكُمْ سَتَرَوْنَ رَبَّكُمْ كَمَا تَرَوْنَ هَذَا لاَ تُضَامُّونَ فِي رُؤْيَتِهِ فَإِنِ اسْتَطَعْتُمْ أَنْ لاَ تُغْلَبُوا عَلَى صَلاَةٍ قَبْلَ طُلُوعِ الشَّمْسِ وَقَبْلَ غُرُوبِهَا فَافْعَلُوا " . ثُمَّ قَرَأَ هَذِهِ الآيَةَ { فَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ الشَّمْسِ وَقَبْلَ غُرُوبِهَا }
Jarir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. U dedi: biz Rasululloh ﷺ bilan oʻtirgan edik. U zot oyning oʻn toʻrtinchi kechasidagi toʻlin oyga nazar solib dedilar: «Albatta, sizlar Robbingizni mana shu (oy)ni koʻrayotganingiz kabi koʻrasizlar, Uni koʻrishda (oʻzaro tortishib) qiynalmaysizlar. Bas, agar quyosh chiqishidan oldingi va botishidan oldingi namozni qoʻldan boy bermaslikka qodir boʻlsangiz, shunday qilinglar.» Soʻng ushbu oyatni oʻqidilar: {Quyosh chiqishidan oldin va botishidan oldin Robbingga hamd aytib, (Uni) poklagin}.