حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ سُهَيْلِ بْنِ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ سَمِعَهُ يُحَدِّثُ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ قَالَ نَاسٌ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَنَرَى رَبَّنَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ قَالَ " هَلْ تُضَارُّونَ فِي رُؤْيَةِ الشَّمْسِ فِي الظَّهِيرَةِ لَيْسَتْ فِي سَحَابَةٍ " . قَالُوا لاَ . قَالَ " هَلْ تُضَارُّونَ فِي رُؤْيَةِ الْقَمَرِ لَيْلَةَ الْبَدْرِ لَيْسَ فِي سَحَابَةٍ " . قَالُوا لاَ . قَالَ " وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لاَ تُضَارُّونَ فِي رُؤْيَتِهِ إِلاَّ كَمَا تُضَارُّونَ فِي رُؤْيَةِ أَحَدِهِمَا " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. U dedi: odamlar: «Yo Rasululloh, qiyomat kunida Robbimizni koʻramizmi?» dedilar. U zot: «Bulut yoʻq paytida tush vaqtidagi quyoshni koʻrishda qiynalasizlarmi?» dedilar. Ular: «Yoʻq» dedilar. U zot: «Bulut yoʻq paytida toʻlin oy kechasidagi oyni koʻrishda qiynalasizlarmi?» dedilar. Ular: «Yoʻq» dedilar. U zot dedilar: «Jonim qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, sizlar Uni koʻrishda faqat ana shu ikkisidan birini koʻrishda qiynalganingiz kabigina qiynalasizlar (xolos).»