حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ عَدِيِّ بْنِ ثَابِتٍ، عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ صُرَدَ، قَالَ اسْتَبَّ رَجُلاَنِ عِنْدَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَجَعَلَ أَحَدُهُمَا تَحْمَرُّ عَيْنَاهُ وَتَنْتَفِخُ أَوْدَاجُهُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنِّي لأَعْرِفُ كَلِمَةً لَوْ قَالَهَا هَذَا لَذَهَبَ عَنْهُ الَّذِي يَجِدُ أَعُوذُ بِاللَّهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ " . فَقَالَ الرَّجُلُ هَلْ تَرَى بِي مِنْ جُنُونٍ
Sulaymon ibn Surad (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺning huzurlarida ikki kishi soʻkishib qoldi. Ulardan birining koʻzlari qizara va boʻyin tomirlari shisha boshladi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Albatta, men shunday bir kalimani bilamanki, agar bu (kishi) uni aytsa, oʻzi sezayotgan (gʻazab) undan ketib qoladi: ‹Aʼuzu billahi minash-shaytonir-rojim — Quvgʻin qilingan shaytondan Allohga panoh tilayman›», dedilar. Shunda haligi kishi: «Sen menda jinnilik koʻryapsanmi?» dedi.