حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْلَمَةَ الْقَعْنَبِيُّ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ، - يَعْنِي ابْنَ مُحَمَّدٍ - عَنِ الْعَلاَءِ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّهُ قِيلَ يَا رَسُولَ اللَّهِ مَا الْغِيبَةُ قَالَ " ذِكْرُكَ أَخَاكَ بِمَا يَكْرَهُ " . قِيلَ أَفَرَأَيْتَ إِنْ كَانَ فِي أَخِي مَا أَقُولُ قَالَ " إِنْ كَانَ فِيهِ مَا تَقُولُ فَقَدِ اغْتَبْتَهُ وَإِنْ لَمْ يَكُنْ فِيهِ مَا تَقُولُ فَقَدْ بَهَتَّهُ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺdan: «Ey Allohning Rasuli, gʻiybat nima?» deb soʻraldi. U zot: «Birodaringni u yoqtirmaydigan narsa bilan tilga olishingdir», dedilar. «Aytib bering-chi, agar birodarimda men aytayotgan narsa boʻlsa-chi?» deyildi. U zot: «Agar unda sen aytayotgan narsa boʻlsa, demak, sen uning gʻiybatini qilibsan, agar unda sen aytayotgan narsa boʻlmasa, demak, sen unga boʻhton qilibsan», dedilar.