حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ سُفْيَانَ، قَالَ حَدَّثَنِي عَلِيُّ بْنُ الأَقْمَرِ، عَنْ أَبِي حُذَيْفَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ قُلْتُ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم حَسْبُكَ مِنْ صَفِيَّةَ كَذَا وَكَذَا قَالَ غَيْرُ مُسَدَّدٍ تَعْنِي قَصِيرَةً . فَقَالَ " لَقَدْ قُلْتِ كَلِمَةً لَوْ مُزِجَتْ بِمَاءِ الْبَحْرِ لَمَزَجَتْهُ " . قَالَتْ وَحَكَيْتُ لَهُ إِنْسَانًا فَقَالَ " مَا أُحِبُّ أَنِّي حَكَيْتُ إِنْسَانًا وَأَنَّ لِي كَذَا وَكَذَا " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Men Nabiy ﷺga: «Safiyya haqida sizga shu kifoya — u ana shunday, mana shunday», dedim — Musaddaddan boshqasi: «U ‹pakana› demoqchi edi», degan. Shunda u zot: «Sen shunday bir soʻz aytdingki, agar u dengiz suviga aralashtirilsa, uni oʻzgartirib yuborar edi», dedilar. (Oisha) dedi: Men u zotning oldida bir kishini (uning qiliqlarini) taqlid qilib koʻrsatdim. Shunda u zot: «Menga bir kishini taqlid qilib koʻrsatishim, hatto evaziga shuncha-shuncha narsa berilsa-da, yoqmaydi», dedilar.