حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ كَثِيرٍ، أَخْبَرَنَا إِسْرَائِيلُ، حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ الْمُغِيرَةِ، عَنْ سَالِمِ بْنِ أَبِي الْجَعْدِ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مُحَمَّدِ ابْنِ الْحَنَفِيَّةِ، قَالَ انْطَلَقْتُ أَنَا وَأَبِي، إِلَى صِهْرٍ لَنَا مِنَ الأَنْصَارِ نَعُودُهُ فَحَضَرَتِ الصَّلاَةُ فَقَالَ لِبَعْضِ أَهْلِهِ يَا جَارِيَةُ ائْتُونِي بِوَضُوءٍ لَعَلِّي أُصَلِّي فَأَسْتَرِيحَ - قَالَ - فَأَنْكَرْنَا ذَلِكَ عَلَيْهِ فَقَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " قُمْ يَا بِلاَلُ أَقِمْ فَأَرِحْنَا بِالصَّلاَةِ " .
Abdulloh ibn Muhammad ibnul Hanafiyya (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men va otam ansorlardan boʻlgan bir qudamizning oldiga uni borib koʻrgani joʻnadik. Namoz vaqti kirib qoldi. U oʻz ahlidan biriga: «Ey joriya, menga tahorat suvi keltirgin, namoz oʻqib rohatlansam», dedi. (Rovi) aytdi: Biz buni uning aybi deb hisobladik. Shunda u: «Men Rasululloh ﷺ: ‹Tur, ey Bilol, iqomat ayt, bizni namoz bilan rohatlantir› deyayotganlarini eshitganman», dedi.