حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ، عَنْ حُمَيْدِ بْنِ هِلاَلٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ الصَّامِتِ، عَنْ أَبِي ذَرٍّ، أَنَّهُ قَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ الرَّجُلُ يُحِبُّ الْقَوْمَ وَلاَ يَسْتَطِيعُ أَنْ يَعْمَلَ كَعَمَلِهِمْ . قَالَ " أَنْتَ يَا أَبَا ذَرٍّ مَعَ مَنْ أَحْبَبْتَ " . قَالَ فَإِنِّي أُحِبُّ اللَّهَ وَرَسُولَهُ . قَالَ " فَإِنَّكَ مَعَ مَنْ أَحْبَبْتَ " . قَالَ فَأَعَادَهَا أَبُو ذَرٍّ فَأَعَادَهَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم .
Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u: «Yo Rasululloh, kishi bir qavmni sevadi-yu, lekin ularning amali kabi amal qila olmaydi (nima boʻladi)?» dedi. U zot ﷺ: «Ey Abu Zarr, sen oʻzing sevgan kishilar bilan birga boʻlasan», dedilar. (Abu Zarr): «Men Alloh va Uning Rasulini sevaman», dedi. U zot ﷺ: «Albatta sen oʻzing sevgan kishilar bilan birga boʻlasan», dedilar. (Abu Zarr) buni yana takrorladi, Rasululloh ﷺ ham buni yana takrorladilar.