حَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ بْنِ مَيْسَرَةَ، وَحُمَيْدُ بْنُ مَسْعَدَةَ، قَالاَ حَدَّثَنَا حَسَّانُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ سَأَلْتُ هِشَامَ بْنَ عُرْوَةَ عَنْ قَطْعِ السِّدْرِ، وَهُوَ مُسْتَنِدٌ إِلَى قَصْرِ عُرْوَةَ فَقَالَ أَتَرَى هَذِهِ الأَبْوَابَ وَالْمَصَارِيعَ إِنَّمَا هِيَ مِنْ سِدْرِ عُرْوَةَ كَانَ عُرْوَةُ يَقْطَعُهُ مِنْ أَرْضِهِ وَقَالَ لاَ بَأْسَ بِهِ . زَادَ حُمَيْدٌ فَقَالَ هِيَ يَا عِرَاقِيُّ جِئْتَنِي بِبِدْعَةٍ قَالَ قُلْتُ إِنَّمَا الْبِدْعَةُ مِنْ قِبَلِكُمْ سَمِعْتُ مَنْ يَقُولُ بِمَكَّةَ لَعَنَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مَنْ قَطَعَ السِّدْرَ . ثُمَّ سَاقَ مَعْنَاهُ .
Hasson ibn Ibrohim (rahimahulloh) aytdi: Men Hishom ibn Urvadan, u Urvaning qasriga suyangan holda turganida, sidr daraxtini kesish haqida soʻradim. U: «Mana bu eshiklar va eshik tavaqalarini koʻryapsanmi? Bularning bari Urvaning sidridandir, Urva uni oʻz yeridan kesar edi», dedi va: «Bunda hech qanday zarar yoʻq», dedi. Humayd (rivoyatida) shuni ziyoda qildi: U: «Ey iroqlik, sen menga bir bidʼat keltirding!» dedi. (Hasson) aytdi: Men: «Bidʼat sizning tarafingizdan, men Makkada bir kishining: ‹Rasululloh ﷺ sidr daraxtini kesgan kishini laʼnatlaganlar› deb aytganini eshitdim», dedim. Soʻng u (hadisning) shu maʼnosini keltirdi.