حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ مُحَمَّدٍ الْمَرْوَزِيُّ، قَالَ حَدَّثَنِي عَلِيُّ بْنُ حُسَيْنٍ، حَدَّثَنِي أَبِي قَالَ، حَدَّثَنِي عَبْدُ اللَّهِ بْنُ بُرَيْدَةَ، قَالَ سَمِعْتُ أَبِي بُرَيْدَةَ، يَقُولُ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " فِي الإِنْسَانِ ثَلاَثُمِائَةٍ وَسِتُّونَ مَفْصِلاً فَعَلَيْهِ أَنْ يَتَصَدَّقَ عَنْ كُلِّ مَفْصِلٍ مِنْهُ بِصَدَقَةٍ " . قَالُوا وَمَنْ يُطِيقُ ذَلِكَ يَا نَبِيَّ اللَّهِ قَالَ " النُّخَاعَةُ فِي الْمَسْجِدِ تَدْفِنُهَا وَالشَّىْءُ تُنَحِّيهِ عَنِ الطَّرِيقِ فَإِنْ لَمْ تَجِدْ فَرَكْعَتَا الضُّحَى تُجْزِئُكَ " .
Abu Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasulullohni ﷺ shunday deyayotganlarini eshitdim: «Insonda uch yuz oltmishta boʻgʻin (qoʻshilish joyi) bor. Bas, unga har bir boʻgʻini uchun bir sadaqa berishi (lozim) boʻladi». Ular: «Ey Allohning Nabiysi, buni kim ham eplay oladi?» dedilar. U zot: «Masjiddagi balgʻamni koʻmib (tozalab) qoʻyishing, yoʻldan biror narsani olib tashlashing (sadaqadir). Agar buni topmasang, choshgohning ikki rakʼati senga kifoya qiladi», dedilar.