حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عِيسَى، قَالَ حَدَّثَنَا ابْنُ عُلَيَّةَ، عَنِ الْحَجَّاجِ بْنِ أَبِي عُثْمَانَ، عَنْ أَبِي الزُّبَيْرِ، قَالَ سَمِعْتُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ الزُّبَيْرِ، عَلَى الْمِنْبَرِ يَقُولُ كَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم إِذَا انْصَرَفَ مِنَ الصَّلاَةِ يَقُولُ " لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ أَهْلُ النِّعْمَةِ وَالْفَضْلِ وَالثَّنَاءِ الْحَسَنِ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ " .
Abuz-Zubayr (rahimahulloh) aytadi: Men Abdulloh ibn az-Zubayr (roziyallohu anhumo)ni minbar ustida turib shunday deyayotganini eshitdim: Nabiy ﷺ namozdan qaytganlarida (tugatganlarida): «Lo ilaha illallohu vahdahu lo sharika lahu, lahul-mulku va lahul-hamdu va huva alo kulli shayʼin qodir. Lo ilaha illalloh, muxlisina lahud-dina va lav karihal-kofirun. Ahlin-niʼmati val-fazli vas-sanail-hasan. Lo ilaha illalloh, muxlisina lahud-dina va lav karihal-kofirun (Allohdan oʻzga iloh yoʻq, U yolgʻizdir, Uning sherigi yoʻq, mulk Unikidir, hamd Unikidir va U har narsaga qodirdir. Allohdan oʻzga iloh yoʻq, dinni Unga xolis qilgan holimizda, garchi kofirlar yoqtirmasalar-da. (U) neʼmat, fazl va goʻzal maqtov sohibidir. Allohdan oʻzga iloh yoʻq, dinni Unga xolis qilgan holimizda, garchi kofirlar yoqtirmasalar-da)» deb aytar edilar.