حَدَّثَنَا جَعْفَرُ بْنُ مُسَافِرٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي فُدَيْكٍ، عَنْ هِشَامِ بْنِ سَعْدٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم نَحْوَهُ . قَالَ فِي قِصَّةِ الإِبِلِ بَعْدَ قَوْلِهِ " لاَ يُؤَدِّي حَقَّهَا " . قَالَ " وَمِنْ حَقِّهَا حَلْبُهَا يَوْمَ وِرْدِهَا " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan Paygʻambar ﷺ orqali shunga oʻxshash (hadis) rivoyat qilinadi. (Roviy) tuyalar haqidagi qissada «uning haqini ado etmasa» degan soʻzdan keyin shu (qoʻshimchani) keltirdi: u zot: «Uning haqlaridan biri suvga kelgan kunida ularni sogʻib (suvga kelganlarga ulashish)dir», dedilar.