حَدَّثَنَا قَبِيصَةُ، قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ سُهَيْلِ بْنِ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: لاَ يَجْزِي وَلَدٌ وَالِدَهُ، إِلاَّ أَنْ يَجِدَهُ مَمْلُوكًا فَيَشْتَرِيَهُ فَيُعْتِقَهُ.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: (Sahobalar): «Yo Rasululloh! Biz qiyomat kuni Robbimizni koʻramizmi?» dedilar. (Rasululloh ﷺ): «Bulutsiz kunduzi quyoshni koʻrishda qiynalasizlarmi?» dedilar. Ular: «Yoʻq», dedilar. (Rasululloh ﷺ): «Bulutsiz oydin kechada toʻlin oyni koʻrishda qiynalasizlarmi?» dedilar. Ular: «Yoʻq», dedilar. (Rasululloh ﷺ): «Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, Robbingizni koʻrishda ulardan birini koʻrishda qiynalganingizdek qiynalmaysizlar. Soʻng (Alloh) bandasini uchratib: ‹Ey falonchi! Men seni izzatlamadimmi, seni sarvar qilmadimmi, seni uylantirmadimmi, otlar va tuyalarni senga boʻysundirmadimmi, seni boshliq boʻlib, manfaat olib yurishingga qoʻyib bermadimmi?› deydi. U: ‹Ha, (qildirgansan)›, deydi. (Alloh): ‹Menga roʻbaroʻ boʻlishingni gumon qilarmiding?› deydi. U: ‹Yoʻq›, deydi. (Alloh): ‹Sen Meni unutganing kabi, Men ham seni unutaman›, deydi. Soʻng ikkinchisini uchratib: ‹Ey falonchi! Men seni izzatlamadimmi, seni sarvar qilmadimmi, seni uylantirmadimmi, otlar va tuyalarni senga boʻysundirmadimmi, seni boshliq boʻlib, manfaat olib yurishingga qoʻyib bermadimmi?› deydi. U: ‹Ha, ey Robbim›, deydi. (Alloh): ‹Menga roʻbaroʻ boʻlishingni gumon qilarmiding?› deydi. U: ‹Yoʻq›, deydi. (Alloh): ‹Sen Meni unutganing kabi, Men ham seni unutaman›, deydi. Soʻng uchinchisini uchratib, unga ham shunday deydi. U: ‹Ey Robbim! Men Senga, kitobingga va paygʻambarlaringga iymon keltirdim, namoz oʻqidim, roʻza tutdim, sadaqa berdim›, deb qoʻlidan kelgancha yaxshilik bilan oʻzini maqtaydi. (Alloh): ‹Unday boʻlsa, mana shu yerda (sabr qil)›, deydi. Soʻng unga: ‹Endi sen ustingdan guvohimizni keltiramiz›, deyiladi. U oʻz ichida: ‹Mening ustimdan kim guvohlik beradi?› deb oʻylaydi. Shunda uning ogʻziga muhr bosiladi va uning soni, eti va suyaklariga: ‹Soʻzla!› deyiladi. Shunda uning soni, eti va suyaklari uning amalini soʻzlaydi. Bu uning oʻzidan uzr (bahona)ni butunlay yoʻqotish uchundir. Mana shu munofiq, mana shu Alloh gʻazablanadigan kishidir», — dedilar.