حَدَّثَنَا مُعَاذُ بْنُ فَضَالَةَ، قَالَ: حَدَّثَنَا هِشَامٌ الدَّسْتُوَائِيُّ، عَنْ يَحْيَى بْنِ أَبِي كَثِيرٍ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ قَالَ: أَتَيْتُ أَبَا سَعِيدٍ الْخُدْرِيَّ، وَكَانَ لِي صَدِيقًا، فَقُلْتُ: أَلاَ تَخْرُجُ بِنَا إِلَى النَّخْلِ؟ فَخَرَجَ، وَعَلَيْهِ خَمِيصَةٌ لَهُ.
Abu Salama dedi: Biz Laylatul-qadr haqida gaplashdik. Soʻng men doʻstim boʻlgan Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)ning oldiga borib: «Biz bilan xurmozorga chiqmaysizmi?» dedim. Ustlariga xamisa (chiziqli kiyim) yopinib chiqdilar. Men u kishiga: «Siz Rasululloh ﷺ ning Laylatul-qadrni zikr qilganlarini eshitganmisiz?» dedim. U: «Ha. Biz Rasululloh ﷺ bilan birga Ramazonning oʻrta oʻn (kuni)da iʼtikofda boʻldik, soʻng yigirmanchi (kunning) tongida chiqdik. Rasululloh ﷺ bizga xutba qilib: ‹Menga Laylatul-qadr koʻrsatildi, men uni unutdim — yoki: u menga unutdirildi —, bas uni soʻnggi oʻn kechaning har bir toq (kechasi)da axtaringlar. Va menga oʻzimni suv va loyda sajda qilayotganim koʻrsatildi. Shunday ekan, kim Rasululloh ﷺ bilan birga iʼtikofda boʻlgan boʻlsa, qaytib kelsin›, dedilar», dedi. (Abu Said) dedi: Biz qaytdik, osmonda bir boʻlak ham bulut koʻrmasdik. (Abu Said) dedi: Soʻng bir bulut keldi-yu, bizga yomgʻir yogʻdi, hatto xurmo shoxlaridan qilingan masjid shipi oqib ketdi. Namozga iqomat aytildi, shunda men Rasululloh ﷺ ning suv va loyda sajda qilayotganlarini koʻrdim. (Abu Said) dedi: Hatto men peshonalarida loy izini koʻrdim.