حَدَّثَنَا مُحَمَّدٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا مُوسَى، قَالَ: حَدَّثَنَا وُهَيْبٌ، قَالَ: أَخْبَرَنَا دَاوُدُ، عَنْ عَامِرٍ قَالَ: حَدَّثَنِي أَبُو جَبِيرَةَ بْنُ الضَّحَّاكِ قَالَ: فِينَا نَزَلَتْ، فِي بَنِي سَلِمَةَ: {وَلاَ تَنَابَزُوا بِالأَلْقَابِ}، قَالَ: قَدِمَ عَلَيْنَا رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم وَلَيْسَ مِنَّا رَجُلٌ إِلاَّ لَهُ اسْمَانِ، فَجَعَلَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ: يَا فُلاَنُ، فَيَقُولُونَ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّهُ يَغْضَبُ مِنْهُ.
Abu Jubayra ibn az-Zahhok (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Mana bu oyat biz — Banu Salima haqimizda nozil boʻlgan: {Bir-biringizni (yomon) laqablar bilan chaqirmanglar! Iymondan keyin fosiqlik (nomi bilan atalish) qanday yomon nomdir} (Hujurot 11). U aytadi: Rasululloh ﷺ bizning oldimizga kelgan edilar, bizdan har bir kishining ikki yoki uchta ismi bor edi. Nabiy ﷺ: «Ey falonchi!» deya boshlaganlarida, ular: «Toʻxtang, ey Rasululloh! Albatta, u bu ismdan gʻazablanadi», deyishardi. Shunda mana bu oyat nozil boʻldi: {Bir-biringizni (yomon) laqablar bilan chaqirmanglar} (Hujurot 11).