حَدَّثَنَا مُحَمَّدٍ قَالَ: أخبرنا الْفَضْلُ بْنُ مُقَاتِلٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ أَبِي حَكِيمٍ، عَنِ الْحَكَمِ قَالَ: سَمِعْتُ عِكْرِمَةَ يَقُولُ: لاَ أَدْرِي أَيُّهُمَا جَعَلَ لِصَاحِبِهِ طَعَامًا، ابْنُ عَبَّاسٍ أَوِ ابْنُ عَمِّهِ، فَبَيْنَا الْجَارِيَةُ تَعْمَلُ بَيْنَ أَيْدِيهِمْ، إِذْ قَالَ أَحَدُهُمْ لَهَا: يَا زَانِيَةُ، فَقَالَ: مَهْ، إِنْ لَمْ تَحُدَّكَ فِي الدُّنْيَا تَحُدُّكَ فِي الْآخِرَةِ، قَالَ: أَفَرَأَيْتَ إِنْ كَانَ كَذَاكَ؟ قَالَ: إِنَّ اللَّهَ لاَ يُحِبُّ الْفَاحِشَ الْمُتَفَحِّشَ.
Ikrima (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: «Ularning qaysi biri — Ibn Abbosmi yoki uning amakivachchasimi — oʻz sheriklariga taom bergan edi, bilmayman. Bir joriya ularning oldida ish qilib yurar edi. Shunda ulardan biri unga: ‹Ey zinokor!› — dedi. Boshqasi esa: ‹Sekin! Agar u dunyoda senga hadd jazosini qoʻllatmasa, oxiratda senga qoʻllatadi›, dedi. Haligi kishi: ‹Aytgin-chi, agar men aytgan gap rost boʻlsa-chi?› — dedi. U: ‹Albatta, Alloh behayolik qiluvchi, behayolikni oshkor qilib yuruvchi kishini yoqtirmaydi›, dedi».