ثُمَّ أَتَيْنَاهُ مَرَّةً أُخْرَى، وَهُوَ يَبْنِي حَائِطًا لَهُ، فَقَالَ: إِنَّ الْمُسْلِمَ يُؤْجَرُ فِي كُلِّ شَيْءٍ يُنْفِقُهُ إِلاَّ فِي شَيْءٍ يَجْعَلُهُ فِي التُّرَابِ.
(Qays ibn Abi Hozim aytdi:) Biz Xabbob (roziyallohu anhu)ning oldiga — uni yoʻqlab — kirdik; u yetti marta (dogʻ lab) kuydirilgan (kayy qilgan) edi. U: «Bizdan oldin oʻ tgan sheriklarimiz — dunyo ularning (ajrini) kamaytirmagan holda — (savob bilan) ketdi; biz esa — uni tuproqdan boshqa joyga qoʻ yadigan (yeri)ni topmaydigan (qadar mol-dunyo)ga erishdik (yaʼni faqat binoga sarflab qoldik); agar Paygʻambar ﷺ bizni oʻ limni (tilab) duo qilishdan qaytarmaganlarida edi, men uni (tilab) duo qilar edim» dedi. Soʻng biz unga boshqa bir safar keldik — u oʻ z devorini (binosini) qurayotgan edi; u: «Albatta musulmon — har bir infoq qilgan narsasiga ajr beriladi — magar bu tuproqqa qoʻ ygan (binoga sarflagan) narsasiga (esa, bu undan mustasno boʻ lishi mumkin)» dedi.