حَدَّثَنَا مُعَلَّى، قَالَ: حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ بْنُ الْمُخْتَارِ، قَالَ: حَدَّثَنَا خَالِدٌ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم دَخَلَ عَلَى أَعْرَابِيٍّ يَعُودُهُ، قَالَ: وَكَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم إِذَا دَخَلَ عَلَى مَرِيضٍ يَعُودُهُ قَالَ: لاَ بَأْسَ طَهُورٌ إِنْ شَاءَ اللَّهُ، قَالَ: ذَاكَ طَهُورٌ، كَلاَّ بَلْ هِيَ حُمَّى تَفُورُ، أَوْ تَثُورُ، عَلَى شَيْخٍ كَبِيرٍ، تُزِيرُهُ الْقُبُورَ، قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم: فَنَعَمْ إِذًا.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ kasal bir badaviyni ziyorat qildi. Paygʻambar ﷺ bemorni ziyorat qilganda: «Zarari yoʻq! Alloh seni shifo bersin! Alloh seni shifo bersin!» — derdi. Bas, Paygʻambar ﷺ badaviyga: «Zarari yoʻq. Alloh seni shifo bersin!» — dedi. Badaviy: «Sen ‹Alloh meni shifo bersin› deysanmi? Yoʻq — chunki bu — keksa kishining (tanasida) qaynaydigan va uni qabrga olib boradigan isitmadir», — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Ha, unday boʻlsa, sen aytgandek boʻlsin», — dedi.