حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، سَمِعْتُ أَبَا إِسْحَاقَ، سَمِعْتُ عَبْدَةَ بْنَ حَزْنٍ يَقُولُ: تَفَاخَرَ أَهْلُ الإِبِلِ وَأَصْحَابُ الشَّاءِ، فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم: بُعِثَ مُوسَى وَهُوَ رَاعِي غَنَمٍ، وَبُعِثَ دَاوُدُ وَهُوَ رَاعٍ، وَبُعِثْتُ أَنَا وَأَنَا أَرْعَى غَنَمًا لأَهْلِي بِأَجْيَادِ.
Abda ibn Hazn (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Tuya egalari bilan qoʻy egalari (bir-birlaridan) faxrlanishdi. Shunda Nabiy ﷺ: «Muso qoʻy boquvchi choʻpon boʻlgan holida (paygʻambar qilib) yuborildi, Dovud ham choʻpon boʻlgan holida yuborildi. Men esa Ajyodda ahlim uchun qoʻy boqib yurgan holimda yuborildim», dedilar.