حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو هِلاَلٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا الْحَسَنُ، أَنَّ رَجُلاً تُوُفِّيَ وَتَرَكَ ابْنًا لَهُ وَمَوْلًى لَهُ، فَأَوْصَى مَوْلاَهُ بِابْنِهِ، فَلَمْ يَأْلُوهُ حَتَّى أَدْرَكَ وَزَوَّجَهُ، فَقَالَ لَهُ: جَهَّزْنِي أَطْلُبِ الْعِلْمَ، فَجَهَّزَهُ، فَأَتَى عَالِمًا فَسَأَلَهُ، فَقَالَ: إِذَا أَرَدْتَ أَنْ تَنْطَلِقَ فَقُلْ لِي أُعَلِّمْكَ، فَقَالَ: حَضَرَ مِنِّي الْخُرُوجُ فَعَلِّمْنِي، فَقَالَ: اتَّقِ اللَّهَ وَاصْبِرْ، وَلاَ تَسْتَعْجِلْ. قَالَ الْحَسَنُ: فِي هَذَا الْخَيْرُ كُلُّهُ، فَجَاءَ وَلاَ يَكَادُ يَنْسَاهُنَّ، إِنَّمَا هُنَّ ثَلاَثٌ، فَلَمَّا جَاءَ أَهْلَهُ نَزَلَ عَنْ رَاحِلَتِهِ، فَلَمَّا نَزَلَ الدَّارَ إِذَا هُوَ بِرَجُلٍ نَائِمٍ مُتَرَاخٍ عَنِ الْمَرْأَةِ، وَإِذَا امْرَأَتُهُ نَائِمَةٌ، قَالَ: وَاللَّهِ مَا أُرِيدُ مَا أَنْتَظِرُ بِهَذَا؟ فَرَجَعَ إِلَى رَاحِلَتِهِ، فَلَمَّا أَرَادَ أَنْ يَأْخُذَ السَّيْفَ قَالَ: اتَّقِ اللَّهَ وَاصْبِرْ، وَلاَ تَسْتَعْجِلْ. فَرَجَعَ، فَلَمَّا قَامَ عَلَى رَأْسِهِ قَالَ: مَا أَنْتَظِرُ بِهَذَا شَيْئًا، فَرَجَعَ إِلَى رَاحِلَتِهِ، فَلَمَّا أَرَادَ أَنْ يَأْخُذَ سَيْفَهُ ذَكَرَهُ، فَرَجَعَ إِلَيْهِ، فَلَمَّا قَامَ عَلَى رَأْسِهِ اسْتَيْقَظَ الرَّجُلُ، فَلَمَّا رَآهُ وَثَبَ إِلَيْهِ فَعَانَقَهُ وَقَبَّلَهُ، وَسَاءَلَهُ قَالَ: مَا أَصَبْتَ بَعْدِي؟ قَالَ: أَصَبْتُ وَاللَّهِ بَعْدَكَ خَيْرًا كَثِيرًا، أَصَبْتُ وَاللَّهِ بَعْدَكَ: أَنِّي مَشَيْتُ اللَّيْلَةَ بَيْنَ السَّيْفِ وَبَيْنَ رَأْسِكَ ثَلاَثَ مِرَارٍ، فَحَجَزَنِي مَا أَصَبْتُ مِنَ الْعِلْمِ عَنْ قَتْلِكَ.
Hasan Basriy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi vafot etib, oʻzidan bir oʻgʻlini va bir mavlosini (ozod qilgan qulini) qoldirdi. U mavlosiga oʻgʻlini vasiyat qildi (uni oʻgʻliga vasiy qilib tayinladi). Mavlo unga (tarbiyada) hech qusur qilmadi, toki bola voyaga yetib, uni uylantirdi. Shunda (bola) unga: «Meni yoʻlga tayyorlab qoʻy, ilm izlab boray», dedi. U esa uni tayyorlab qoʻydi. (Bola) bir olim huzuriga kelib, undan (ilm) soʻradi. Olim: «Joʻnamoqchi boʻlganingda menga ayt, senga oʻrgataman», dedi. (Bola): «Ketish vaqtim keldi, menga oʻrgat», dedi. U: «Allohdan qoʻrq, sabr qil va shoshilma», dedi. Hasan aytdi: Mana shu (soʻzlarda) butun yaxshilik jamlangan. (Bola) qaytdi va bu soʻzlarni deyarli unutmasdi, axir ular bor-yoʻgʻi uchta (soʻz) edi. U oilasiga kelganida ulovidan tushdi. Uyga kirganida, birdan (koʻrdiki) bir kishi ayolining yonida yonboshlab uxlab yotibdi, ayoli ham uxlab yotardi. U: «Allohga qasamki, bunga nimani kutib turibman?!» dedi (va uni oʻldirmoqchi boʻldi). Soʻng ulovi tomon qaytdi. Qilichni olmoqchi boʻlganida: «Allohdan qoʻrq, sabr qil va shoshilma», (degan soʻz esiga tushib) qaytdi. Uning boshi ustida turganida: «Bunga hech narsani kutib oʻtirmayman», dedi. Soʻng ulovi tomon qaytdi. Qilichini olmoqchi boʻlganida, (soʻz) yana esiga tushib, yana uning oldiga qaytdi. Uning boshi ustida turganida, haligi kishi uygʻonib ketdi. Uni koʻrgach, sakrab turib, uni quchoqladi, oʻpdi va holini soʻrab: «Mendan keyin (safaringda) nimaga erishding?» dedi. (Bola): «Allohga qasamki, sendan keyin koʻp yaxshilikka erishdim. Allohga qasamki, sendan keyin shunga erishdimki: bu kecha uch marta qilich bilan sening boshing orasida yurdim, biroq ilmdan olgan narsam meni seni oʻldirishdan tiydi», dedi.