حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ أَبِي هَاشِمٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، قَالَ: حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ أَبِي عَرُوبَةَ، عَنْ قَتَادَةَ، قَالَ: حَدَّثَنَا مَنْ لَقِيَ الْوَفْدَ الَّذِينَ قَدِمُوا عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم مِنْ عَبْدِ الْقَيْسِ، وَذَكَرَ قَتَادَةُ أَبَا نَضْرَةَ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم لأَشَجِّ عَبْدِ الْقَيْسِ: إِنَّ فِيكَ لَخَصْلَتَيْنِ يُحِبُّهُمَا اللَّهُ: الْحِلْمُ وَالأَنَاةُ.
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Abdulqaysdan baʼzi kishilar Rasululloh ﷺ ning huzuriga kelib: «Ey Allohning Paygʻambari, biz — Rabiadan boʻlgan bir qabila(miz) va biz bilan Sizning orangizda Muzar kofirlari (yashaydi); biz Sizga faqat harom oylarda yetib kela olamiz. Bas, bizga ortimizdagi (kishi)larga buyuradigan va (oʻzimiz) amal qilsak, (u sababli) jannatga kiradigan biror ishni buyuring», dedilar. Rasululloh ﷺ: «Sizlarni toʻrt narsaga buyuraman va toʻrt narsadan qaytaraman: Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar, namozni toʻkis ado etinglar, zakot beringlar, Ramazon roʻzasini tutinglar va oʻljalardan beshdan birini beringlar; va sizlarni toʻrt narsadan qaytaraman: dabbo, hantam, muzaffat va naqirdan», dedilar. Ular: «Ey Allohning Paygʻambari, naqir haqida sizning bilimingiz qanday (naqir nima)?» dedilar. (Rasululloh): «Albatta (bilaman) — u (xurmo) tana(si)ki, sizlar uni oʻyib, ichiga qutayʼo (xom xurmo)dan — Said: ‹yoki: xurmodan dedi›, dedi — tashlaysizlar, soʻng ustiga suv quyasizlar; nihoyat uning qaynashi (achishi) tingach, uni ichasizlar — hatto biringiz — yoki: ulardan biri — amakivachchasini qilich bilan urib (yuboradigan darajada mast boʻladi)», dedilar. (Roviy) dedi: Qavm orasida shunday (mastlik tufayli) jarohat yetgan bir kishi bor edi. U dedi: Men buni Rasululloh ﷺ dan uyalib yashirib turardim. Soʻng: «(Bu idishlarni tark etsak) biz nimada ichamiz, ey Allohning Rasuli?» dedim. (Rasululloh): «Ogʻzi (ip bilan) bogʻlanadigan teri meshlarda», dedilar. Ular: «Ey Allohning Rasuli, bizning yurtimizda kalamushlar koʻp, (shu sababli) teri meshlar (butun) qolmaydi», dedilar. Shunda Allohning Paygʻambari ﷺ: «Garchi ularni kalamushlar yeb (teshib) qoʻysa ham, garchi ularni kalamushlar yeb qoʻysa ham, garchi ularni kalamushlar yeb qoʻysa ham (mayli, shu meshlarda iching)», dedilar. (Roviy) dedi: Allohning Paygʻambari ﷺ Abdulqaysning Ashajjiga: «Albatta senda Alloh suyadigan ikki xislat bor: hilm va shoshmaslik», dedilar.