حَدَّثَنَا عُمَرُ بْنُ حَفْصٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبِي، قَالَ: حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، قَالَ: حَدَّثَنَا شَقِيقٌ قَالَ كَانَ عَبْدُ اللهِ يُكْثِرُ أَنْ يَدْعُوَ بِهَؤُلاَءِ الدَّعَوَاتِ: رَبَّنَا أَصْلِحْ بَيْنَنَا، وَاهْدِنَا سَبِيلَ الإِسْلاَمِ، وَنَجِّنَا مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ، وَاصْرِفْ عَنَّا الْفَوَاحِشَ مَا ظَهْرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ، وَبَارِكْ لَنَا فِي أَسْمَاعِنَا وَأَبْصَارِنَا وَقُلُوبِنَا وَأَزْوَاجِنَا وَذُرِّيَّاتِنَا، وَتُبْ عَلَيْنَا إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ، وَاجْعَلْنَا شَاكِرِينَ لِنِعْمَتِكَ، مُثْنِينَ بِهَا، قَائِلِينَ بِهَا، وَأَتْمِمْهَا عَلَيْنَا.
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U dedi: «Biz namozda oʻtirganimizda nima deyishni bilmas edik, Rasululloh ﷺ esa (Alloh tomonidan) oʻrgatilgan edilar» — soʻng shunga oʻxshashini zikr qildi. Shariyk dedi: Bizga Jomeʼ — yaʼni ibn Shaddod — Abu Voildan, u Abdullohdan shunga oʻxshashini rivoyat qildi. U dedi: «(Paygʻambar ﷺ) bizga (yana) baʼzi kalimalarni oʻrgatardilar, lekin bizga ularni tashahhudni oʻrgatgandek qatʼiy oʻrgatmasdilar: Allohumma allif bayna quluubinaa va aslih zaata bayninaa vahdinaa subulas-salaam, va najjinaa minaz-zulumaati ilan-nuur, va jannibnal-favaahisha maa zohara minhaa va maa botan, va baarik lanaa fii asmaainaa va absoorinaa va quluubinaa va azvaajinaa va zurriyyaatinaa, va tub alaynaa innaka antat-tavvaabur-rohiym, vajʼalnaa shaakiriyna li-niʼmatika musniyna bihaa qoobiliyhaa va atimmahaa alaynaa (Ey Alloh, qalblarimizni birlashtir, oramizni isloh qil, bizni salomatlik yoʻllariga hidoyat qil, zulmatlardan nurga chiqar, oshkora va yashirin fahsh ishlardan bizni yiroq qil, qulogʻimiz, koʻzimiz, qalblarimiz, juftlarimiz va zurriyotlarimizda bizga baraka ber, tavbamizni qabul ayla, albatta Sen tavbalarni qabul qiluvchi, mehribonsan, bizni neʼmatingga shukr qiluvchi, uni eslab maqtovchi va qabul qiluvchi qil, hamda uni bizga toʻliq ato et)».