حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سَلامٍ، قَالَ: أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ فُضَيْلِ بْنِ غَزْوَانَ، عَنْ عُمَارَةَ، عَنْ أَبِي زُرْعَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَيُّ الصَّدَقَةِ أَفْضَلُ أَجْرًا؟ قَالَ: أَمَا وَأَبِيكَ لَتُنَبَّأَنَّهُ: أَنْ تَصَدَّقَ وَأَنْتَ صَحِيحٌ شَحِيحٌ تَخْشَى الْفَقْرَ، وَتَأْمُلُ الْغِنَى، وَلاَ تُمْهِلْ حَتَّى إِذَا بَلَغَتِ الْحُلْقُومَ قُلْتَ: لِفُلاَنٍ كَذَا، وَلِفُلاَنٍ كَذَا، وَقَدْ كَانَ لِفلانٍ.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Paygʻambar ﷺ ga kelib: «Yo Rasululloh, qaysi sadaqa savobda eng afzal?» — dedi. U zot: «Sen sogʻ-salomat, baxil va kambagʻallikdan qoʻrqib, boylikni istab turgan paytda bergan sadaqang. Uni — oʻlim (vaqti) yaqinlashguncha — kechiktirib, soʻng: ‹Falonchiga shuncha, falonchiga shuncha bering›, — deb aytma; holbuki u (mol) allaqachon falonchiniki boʻlib boʻlgan (yaʼni kech boʻladi)», — dedilar.