حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ قَالَ: حَدَّثَنِي الأَعْمَشُ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنْ أَبِي الأَحْوَصِ، عَنْ عَبْدِ اللهِ قَالَ: إِذَا طَلَبَ أَحَدُكُمُ الْحَاجَةَ فَلْيَطْلُبْهَا طَلَبًا يَسِيرًا، فَإِنَّمَا لَهُ مَا قُدِّرَ لَهُ، وَلاَ يَأْتِي أَحَدُكُمْ صَاحِبَهُ فَيَمْدَحَهُ، فَيَقْطَعَ ظَهْرَهُ.
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Biringiz bir hojatni soʻramoqchi boʻlsa, uni oz (narsa qilib) soʻrasin, chunki unga faqat oʻziga taqdir qilingan narsagina (nasib) boʻladi. Va biringiz oʻz sherigi oldiga borib, uni (haddan ortiq) maqtab, (shu bilan) uning belini sindirmasin».