حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ يُوسُفَ، قَالَ: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ سَالِمِ بْنِ أَبِي الْجَعْدِ، عَنْ جَابِرٍ قَالَ: وُلِدَ لِرَجُلٍ مِنَّا غُلاَمٌ فَسَمَّاهُ الْقَاسِمَ، فَقَالَتِ الأَنْصَارُ: لاَ نُكَنِّيكَ أَبَا الْقَاسِمِ، وَلاَ نُنْعِمُكَ عَيْنًا، فَأَتَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ لَهُ: مَا قَالَتِ الأَنْصَارُ، فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم: أَحْسَنَتِ الأَنْصَارُ، تَسَمُّوا بِاسْمِي، وَلاَ تَكْتَنُوا بِكُنْيَتِي، فَإِنَّمَا أَنَا قَاسِمٌ.
Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bizning oramizdagi bir kishi bir oʻgʻil koʻrdi va unga al-Qosim deb ism qoʻydi. Shunda ansorlar (oʻsha kishiga): «Biz seni hech qachon Abulqosim deb atamaymiz va seni bu muborak laqab bilan rozi qilmaymiz», — dedi. Bas, u Paygʻambar ﷺ ning oldiga borib: «Yo Rasululloh! Men bir oʻgʻil koʻrdim va unga al-Qosim deb ism qoʻydim; ansorlar esa: ‹Biz seni hech qachon Abulqosim deb atamaymiz va seni bu laqab bilan rozi qilmaymiz›, — dedi», — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Ansorlar yaxshi qilibdi. Mening ismim bilan atanglar, lekin mening kunyam bilan atamanglar — chunki men — Qosim(man)», — dedi.